Qirg‘iziston prezidenti Usmonxon Alimovni qabul qildi

Qirg‘iziston prezidenti Usmonxon Alimovni qabul qildi

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov poytaxt Bishkekda o‘tkazilgan «Ma’naviy ipak yo‘li. Buyuk insoniy an’analar va zamonaviy tahdidlar» deb nomlangan konferensiya ishtirokchilari bilan uchrashdi.

O‘MI Matbuot xizmati xabar berishicha, uchrashuvda O‘zbekiston muftiysidan tashqari Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Xitoy, Litva, Rossiya, Tojikiston va Estoniya muftiylari qatnashgan.

Sooronbay Jeenbekov uchinchi bor tashkil etilgan xalqaro anjuman dindorlar o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlanishiga va insonlar o‘rtasida toqatlilikni yoyishga yordam berishiga umid bildirdi.

Diniy yetakchilar, din bo‘yicha olimlar va ekspertlar ishtirokida xalqaro anjumanning tashkil etilishi ham davlat organlari, ham diniy tashkilotlar uchun foydali ekani ta’kidlandi.

Uchrashuvda «Ma’naviy ipak yo‘li» konferensiyasining navbatdagisi 2019 yili Qozog‘istonda bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi.

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!