Qirg‘iziston Prezidenti Umra ziyoratini ado etdi

Qirg‘iziston Prezidenti Umra ziyoratini ado etdi

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekov va qirg‘izistonlik bir guruh amaldorlar Umra ziyoratini bajarishdi.

Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmatiga ko‘ra, Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulazizning taklifiga binoan Qirg‘iziston delegasiyasi 15–17 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistonida bo‘lgan.

Tashrifda davomida Sooronboy Jeenbekov Saudiyada o‘qib, ishlayotgan qirg‘izistonliklar bilan ham ko‘rishgan.

Shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasining Ar Riyoddagi elchixonasining yangi binosi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!