Qashqadaryolik erkak qo‘lga olindi: u nega pora bermoqchi bo‘ldi?

Qashqadaryolik erkak qo‘lga olindi: u nega pora bermoqchi bo‘ldi?

Joriy yil 16 sentyabr kuni Chiroqchi tumani IIB xodimi rahbariyatga murojaat qilib, unga pora taklif qilinayotganini bildirdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 15 sentyabr kuni Jizzax viloyati, Zarbdor tumanida yashovchi N.T. va Jizzax shahrida yashovchi YU.K.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha o‘zini N.T.ning tog‘asi deb tanishtirgan fuqaro K.B. xodimning oldiga keladi. Ularga nisbatan qo‘llanilgan qamoqqa olish tarzidagi chorani boshqa ehtiyot chorasiga o‘zgartirish hamda jinoyat ishini ularning foydasiga ijobiy hal qilib berishni so‘raydi va evaziga pora taklif qiladi.

Ushbu bildirgi yuzasidan shu kuni viloyat IIB va prokuratura xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida K.B. xodimga xizmat xonasida 2 million so‘mni pora sifatida berayotganida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!