Qashqadaryodagi tuman va shaharlardan yo‘qolgan o‘nlab mol va qo‘ylar yashirilgan joy topildi

Qashqadaryodagi tuman va shaharlardan yo‘qolgan o‘nlab mol va qo‘ylar yashirilgan joy topildi

9 fevral kuni Qashqadaryo viloyat IIB xodimlari tomonidan Qarshi shahrida o‘tkazilgan tezkor reyd tadbirlarida viloyatning bir nechta tuman va shaharlaridan yo‘qolgan qora mollar va mayda shoxli mollar topilgan. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati Daryo ga ma’lum qildi.

IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tadbir paytida Otchopar mahallasida yashovchi muqaddam sudlangan SH.B. xonadoni ko‘zdan kechirilganda molxonasidan 20 boshga yaqin qora mol va 50 boshga yaqin mayda shohli mollar topilgan.

Eng qizig‘i fuqaro xonadonidan topilgan qora mollar va mayda shoxli mollar bundan ilgari yo‘qolgan bo‘lib, qaysidir tuman yoki shaharda yashovchi fuqarolarning moli bo‘lib chiqmoqda , deyiladi viloyat IIB matubot xizmati xabarida.

IIB xabariga ko‘ra, bu kabi o‘g‘irlangan mollar saqlanayotgan qo‘raxonalar bir nechtani tashkil etishi mumkin. Shuni aniqlash maqsadida hozirda holat yuzasidan tergov-surishtiruv jarayonlari boshlab yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!