Qashqadaryoda tug‘ruqxona shifokori bevaqt vafot etdi

Qashqadaryoda tug‘ruqxona shifokori bevaqt vafot etdi

Shahrisabz shahar markaziy shifoxonasining tug‘ruqxona bo‘limi boshlig‘i Shoira Ismoilova bevaqt vafot etdi. Bu haqda telegramdagi  "KESH NEWS" kanali ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, shahar hokimligi, shifoxona ma’muriyati marhumning oila a’zolari, yaqin qarindoshlariga chuqur ta’ziya bildirgan.

Marhuma SH.Ismoilova shifokor sifatida bo‘limda homilador ayollar salomatligini muhofaza qilishda, sog‘lom go‘dakning dunyoga kelishida bor bilim va mahoratini ishga solgani ta’kidlangan.

Biz ham marhumaning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!