Qashqadaryoda soxta IIB xodimiga 10 ming 300 dollar tutqazishdi

Qashqadaryoda soxta IIB xodimiga 10 ming 300 dollar tutqazishdi

Keyingi vaqtlarda o‘zini huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakili sifatida tanishtirib, ko‘p muammolarni hal etadigan hojatbaror qiyofasidagi kimsalar haqida tez-tez eshityapmiz.

Koson tumani Pudina mahallasida yashovchi I.Y. ham shulardan biri bo‘lib chiqdi. U o‘zining Koson tumani ichki ishlar bo‘limida ishlashini, u yerdagi tanishlari orqali ishga joylashtirib qo‘yishini aytib, E.O.dan 5 ming AQSh dollari, X.SH.dan 2400 va B.X.dan 2900 AQSh dollarini oladi. 2018 yil fevral oyi va 2019 yil mart oylari davomida 10 ming 300 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan firibgar pullarni shaxsiy ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuboradi.

Tergovga qadar tekshirish jarayonida I.Y. aybiga iqrorlik bildirib, fuqarolar - U.M., X.SH. va B.X.dan olgan pul mablag‘laridan 250 AQSh dollari, 200 ming so‘m va E.O.ning fuqarolik pasporti hamda diplomini taqdim etganligi holati tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan departamentning Koson tumani bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jazo muqarrarligi ta’minlangan.

Manba: “Qashqadaryogazetasi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!