Qashqadaryoda 4 kishi olov ichida qoldi

Qashqadaryoda 4 kishi olov ichida qoldi

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, shu yilning 8 yanvar kuni soat taxminan 04:00larda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumani “Xitoy” mahallasida yashovchi 47 yoshli fuqaro N.B.ning yashash uyida yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda N.B. va uning turmush o‘rtog‘i 38 yoshli G.E., 10 yoshli D.N., 8 yoshli A.N.lar kuyishdan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi.

Hozirda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, yong‘in kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, yong‘in uydagi gilam tagiga tashlangan elektr toki yordamida ishlovchi pol isitgichining qizib ketishi natijasida sodir bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!