Qashqadaryo bojxonachilari 7,6 million so‘mlik 1300 litr dizel yoqilg‘isini to‘xtatib qoldi

Qashqadaryo bojxonachilari 7,6 million so‘mlik 1300 litr dizel yoqilg‘isini to‘xtatib qoldi

Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda viloyat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati «Daryo»ga xabar berdi.

«Koson-Qarshi» yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro Baratov Odil (barcha ism shariflar o‘zgartirilgan) boshqaruvidagi Nexia rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda avtomashina salonida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan qiymati 4,1 million so‘mlik turli hajmdagi yelim idishlarda joylangan 720 litr dizel yoqilg‘isi borligi aniqlangan.

Yana bir holatda, Qarshi shahridagi Arabxona mahallasida joylashgan yoqilg‘i quyish shoxobchasida to‘xtab turgan fuqaro Suyunov Pardaga tegishli Nexia rusumli avtomashina ham shubha ostiga olinib, holislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, avtomashina salonida hujjatlari bo‘lmagan qiymati 3,5 million so‘mlik turli hajmdagi yelim idishlarda joylangan 580 litr dizel yoqilg‘isi hamda ushbu yoqilg‘ini quyishda foydalaniladigan bir dona elektronasos borligi aniqlandi.

Yakunda ashyoviy dalil sifatida olingan 1 300 litr dizel yoqilg‘isi Nishon tumanidagi «Uchqun» xususiy korxonasiga vaqtincha saqlovga topshirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!