Putin yana prezident bo‘ladimi?

Putin yana prezident bo‘ladimi?

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Konstitusiyada prezidentlik muddati cheklanishini bekor qilishga qarshi chiqdi, deb yozmoqda «Kommersant’». Shu bilan birga, bu Konstitusiyaga zid kelmasligi uchun Konstitusiyaviy sud tomonidan tasdiqlansagina buni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, «Edinaya Rossiya» partiyasidan bo‘lgan Valentina Tereshkova deputatlar yig‘ilishida Konstitusiyaga ketma-ket prezidentlik qilishdagi cheklovni olib tashlash yoki amaldagi prezidentning lavozim muddatiga chegarani olib tashlash nazarda tutilgan o‘zgartirish kiritishni taklif qilgan.

Tereshkovaning taklifidan so‘ng Davlat Dumasi raisi yarim soatlik tanaffus e’lon qilgan va Putinga qo‘ng‘iroq qilib, bu borada suhbatlashgan. «Valentina Vladimirovna tomonidan kiritilgan tuzatish, avvalambor, amaldagi prezident bilan maslahatlashishni talab qiladi, chunki masala u haqda ketayotgani uchun uning fikrini so‘rash maqsadga muvofiq bo‘lardi», — degan Volodin.

Tereshkova esa sun’iy to‘siqlar yaratmasdan, barchasini ochiq, oshkora ko‘rib chiqish yoki Konstitusiyadan prezidentlik muddatiga doir cheklovlarni butunlay olib tashlash kerakligini aytgan. «Yoki bo‘lmasa, vaziyat shuni taqazo etsa va eng muhimi odamlar shuni xohlasa, yangilangan Konstitusiyaga muvofiq qonunga amaldagi prezidentning ushbu lavozimga qayta saylanish imkoniyatini kiritish kerak», — degan u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!