Putin nega tadbirlarda niqob taqmayapti?

Putin nega tadbirlarda niqob taqmayapti?

Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov davlat rahbari Vladimir Putin o‘zini izolyasiya qilishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda "Gazeta.Ru" muxbiri xabyoar berdi.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putin kvartirasidamas, balki prezident qarorgohida yashaydi. 
Moskvada uning kvartirasi bor, lekin u yerda yashamaydi. Qayerda yashasa ham o‘sha yerda ishlaydi yoki aksincha. Umuman aytganda, bu [prezident harakatini cheklash] nisbiy tushuncha, dedi matbuot kotibi.

Peskov shuningdek, Putinning ishi, koronavirus bilan bog‘liq cheklovchi va tavsiya etuvchi hujjatlarda belgilangan mezonlardan tashqarida amalga oshirilishini ta’kidladi.

Ommaviy tadbir bo‘lib o‘tadigan joyda tibbiy niqob kiyish haqida gapiradigan bo‘lsak, biz barcha ishtirokchilarni oldindan tekshiruvdan o‘tkazishlari uchun shifokorlarga murojaat qilamiz. O‘ylaymizki, biz bundan buyon ham ushbu amaliyotni davom ettiramiz, deya so‘zini yakunladi Peskov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!