Putin Lukashenkodan uzr so‘radimi?

Putin Lukashenkodan uzr so‘radimi?

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Vladimir Putin AQSh prezidenti Jo Bayden bilan Belarusdagi vaziyatni muhokama qilgani uchun undan uzr so‘ragani to‘g‘risidagi so‘zlariga izoh berdi.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, bu shunchaki gap va Rossiya prezidenti uzr so‘ramagan, balki belaruslik hamkasbini xabardor qilgan.

«Putin bu vaziyatda o‘zini vijdonan tutdi. U menga qo‘ng‘iroq qilib, ruxsatimsiz Belarusni muhokama qilgani uchun uzr so‘radi», degandi Lukashenko.

«Bilasizmi, qoidaga ko‘ra, xalqaro amaliyotda uchinchi mamlakat yoki uning yetakchisini o‘sha mamlakat rahbarini xabardor qilmasdan muhokama qilish to‘g‘ri emas. Shuning uchun buni to‘g‘ridan to‘g‘ri uzr so‘rash, deb tushunmaslik kerak. Prezident Putin belaruslik hamkasbini bu masala tilga olingani to‘g‘risida xabardor qilishni lozim topdi»,— dedi Peskov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!