Pullar ichida “cho‘milib yurgan” xonanda o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lganmidi?

Pullar ichida “cho‘milib yurgan” xonanda o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lganmidi?

Amerikalik pop qo‘shiqchisi Billi Aylish o‘z joniga qasd qilish istagi haqida gapirdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Yaqinda bir vaqtning o‘zida oltita yo‘nalishda "Gremmi"  mukofotini qo‘lga kiritgan 18 yoshli yulduz muvaffaqiyati sabab ba’zi do‘stlarining undan voz kechganligi uni ruhiy tushkunlikka olib kelganligini aytdi.

“Men o‘tgan yili juda baxtsiz edim. Mubolag‘a qilmoqchi emasman, lekin 17 yoshda keyinchalik yashashimga shubha qilardim ", - deb qo‘shib qo‘ydi qo‘shiqchi.

U bir paytlar o‘z joniga qasd qilish haqida o‘ylaganini ma’lum qildi va o‘sha lahzalardagi holatini tasavvur qilib hozirda qo‘rquv iskanjasida qolishini ta’kidladi.

Ma’lum bo‘lishicha, hozirda Billi psixoterapevt xizmatidan foydalandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!