Professor-o‘qituvchilarning maoshi o‘rtacha oshirildi. Bu 3 million so‘mdan 10 million so‘mgacha degani

Professor-o‘qituvchilarning maoshi o‘rtacha oshirildi. Bu 3 million so‘mdan 10 million so‘mgacha degani

Ayni damda Prezidentimiz raisligida oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

▪️O‘tgan 3 yilda O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlari soni 65 tadan 117 taga ko‘paydi, qabul 3 barobarga ortdi (66 mingtadan 181 mingtaga). OTMlarga 2017 yilda 729 mingta hujjat topshirilgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 1,5 millionga yetdi.

✔️Hozirgi kunda 26 ta xorijiy oliygohlar filiallari tashkil etilib, 100 tadan ortiq yetakchi oliygohlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida 64 ta mutaxassislik bo‘yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanmoqda.

Professor-o‘qituvchilarning maoshi o‘rtacha 3,5 barobarga oshirildi (3 million so‘mdan 10 million so‘mgacha).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!