Prezident mamlakatda bosh vazir lavozimini bekor qildi

Prezident mamlakatda bosh vazir lavozimini bekor qildi

Afg‘onistonning qayta saylangan prezidenti Ashraf G‘ani mamlakat rahbarligiga bo‘lib o‘tgan saylovlar natijalarini tan olmagan Abdulla Abdulla egallab turgan bosh vazir lavozimini bekor qildi. Bu haqda Afg‘oniston prezidentining rasmiy vakili Sidiq Sidiqiyga tayanib TOLOnews telekanali xabar berdi.

Dushanba kuni G‘ani qasamyod qildi va Afg‘oniston prezidenti lavozimiga rasman kirishdi. Saylovlardagi mag‘lubiyatini tan olmagan Abdulla Abdulla shu kuni parallel ravishda davlat rahbari sifatida inaugurasiya marosimini o‘tkazdi.

Bosh vazir lavozimiga teng ijrochi hokimiyat rahbari lavozimi 2014 yil sentyabrda ikki siyosatchi o‘rtasidagi kelishuv doirasida ta’sis etilgandi. O‘shanda ham Abdulla Abdulla prezidentlik saylovlarida G‘anidan mag‘lubiyatga uchraganini tan olmagandi.

Afg‘onistonda 28 sentyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Mamlakatning amaldagi rahbari Ashraf G‘ani saylovda 50,64 foiz ovoz to‘plab g‘olib chiqdi. Uning raqibi Abdulla Abdulla saylov natijalarini tan olmadi va o‘zini g‘olib deb e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!