Poroshenkoning ahvoli og‘irlashdi

Poroshenkoning ahvoli og‘irlashdi

Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenkoning ahvoli keskin yomonlashdi. Bu haqda uning turmush o‘rtog‘i Marina Poroshenko ma’lum qildi.

«U kasalxonada, kompleks muolaja olmoqda. Afsuski, uning qoni holati yomonlashdi – judayam quyuqlashib ketgan. Shifokorlar hattoki tahlil ham olisholmayapti», — dedi u.

Poroshenkoning qizi Yevgeniya ham koronavirus yuqtirgan bo‘lib, uning holati yaxshiligi aytilmoqda. Pyotr Poroshenkoda o‘pkaning ikki tomonlama shamollashi aniqlangan.

Pyotr Poroshenko koronavirus yuqtirganligi haqida sentyabr oxirlarida ma’lum bo‘lgandi. U koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqani va uyida davolanayotganini ma’lum qilgandi. 3 oktyabr kuni esa shifoxonaga yotqizilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!