Poroshenko saylov kampaniyasiga 2,5 mln dollardan ortiq pul sarflab bo‘ldi

Poroshenko saylov kampaniyasiga 2,5 mln dollardan ortiq pul sarflab bo‘ldi

Ikkinchi marta davlat rahbari lavozimiga nomzodini qo‘ygan Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko saylov kampaniyasiga 70 million griven (2,5 million dollardan ortiq) mablag‘ sarfladi, u kampaniyani o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirmoqda. Bu haqda prezident shtabi vakili Oleg Medvedev ma’lum qildi.

Ayni paytda kampaniya uchun 70 million griven sarflandi. Jami qancha mablag‘ sarflanishi hozircha aniq emas , - dedi Medvedev. Uning so‘zlariga ko‘ra, Poroshenko o‘z saylov kampaniyasini o‘zi moliyalashtirmoqda.

Ukraina prezident saylovi 31 martda bo‘lib o‘tadi. Prezidentlikka jami 44 kishi o‘z nomzodini qo‘ygan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!