Polisiya boshlig‘ini ot mingani uchun ishdan bo‘shatish taklif qilindi

Polisiya boshlig‘ini ot mingani uchun ishdan bo‘shatish taklif qilindi

Qozog‘iston Ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayev Otirau viloyati departament boshlig‘i Ayan Duysembayevni egallab turgan lavozimidan ozod etish to‘g‘risida prezident administrasiyasiga taqdimnoma jo‘natdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Atirau viloyati polisiya rahbari Ayan Duysembayevga ot sovg‘a qilingan. U sovg‘a qilingan otga minishi aks etgan video internetda paydo bo‘lgandan keyin katta shov-shuv boshlanishiga sabab bo‘lgan.

IIV bu xabarga darhol e’tibor qaratib, tekshiruv o‘tkazish maqsadida vazir o‘rinbosari Aleks Kalaychidi boshchiligida maxsus komissiyani yuborgan va Duysembayev xizmat ahloq qoidalarini buzganini aniqlagan.

Xizmat tekshiruv natijalariga ko‘ra, ichki ishlar vaziri Ayan Duysembayevni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida prezident administrasiyasiga taqdimnoma kiritish haqida qarorni qabul qildi , deyilgan Qozog‘iston IIV xabarida.

Shuningdek, xizmat tekshiruvi natijalariga asosan viloyat o‘z xavfsizlik boshqarmasi rahbari xizmat vazifalarini bajarishdan chetlashtirilgan. Qator mansabdor shaxslar qattiq intizomiy jazoga tortilgan.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqda otni sovg‘a qilgan shaxslar tomonidan Qozog‘iston prezidenti nomiga yozilgan xat paydo bo‘lgan. Unda yozilishicha, general Duysembayev sovg‘ani qabul qilishdan bosh tortgan, faqat odamlarni xafa qilmaslik uchun shunchaki otga minib, atrofni aylangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!