Plastik karta va sumkadan o‘g‘irlangan pullar, haydab ketilgan qo‘y-qo‘zilar: Navoiyda o‘g‘rilar fosh etildi

Plastik karta va sumkadan o‘g‘irlangan pullar, haydab ketilgan qo‘y-qo‘zilar: Navoiyda o‘g‘rilar fosh etildi

Navoiy viloyati IIB matbuot xizmatining KUN.UZ’ga ma’lum qilishicha, hafta ichida viloyatda o‘g‘irlik bilan bog‘liq bir necha jinoyat fosh etilgan va gumondorlar ushlangan.

Plastik kartadan pul o‘g‘irlagan yigit

7 noyabr kuni ariza bilan, Navoiy shaharida istiqomat qiluvchi H.Saidov Navoiy shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2018 yilning 12 sentyabr kuni turmush o‘rtog‘i U.Saidova bilan plastik kartochkasini yangilash maqsadida TIF «Milliy bank»ning Navoiy filialiga borganligini, shu bankda ish bilan yurgan noma’lum shaxsga o‘zining yangidan ochilgan plastik kartochkasiga «Slick» tizimini o‘rnatib berishni iltimos qilgan vaqtida, noma’lum shaxs ularning plastik kartochkasidan 80 ming so‘m pulni «Click» tizimi orqali o‘z uyali aloqa telefoni raqamiga yechib olganini ma’lum qilgan.

Aniqlanishicha, ushbu jinoyatni Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan S.Q. sodir etgan. Mazkur holat yuzasidan S.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi, 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ayolni ayol tunadi

4 noyabr kuni Karmana tumani «Varq» MFYda yashovchi M.Rahimova ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 15:00larda, noma’lum shaxs Navoiy shahar G‘alaba shoh ko‘chasi 127-uyda joylashgan «Baxt» ayollar go‘zallik salonida uning sumkasidan jami 500.000 so‘m pulni o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilgan.

Ushbu jinoyatni Navbahor tumani «Navbahor» MFYda yashovchi, Navoiy shahridagi kafelardan birida ishlovchi S.F. ismli ayol sodir etgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan S.F.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bir otar qo‘y-qo‘zini o‘g‘irlab ketishdi

6 noyabr kuni Nurota tumani «Qizilcha» MFYda yashovchi I.Abdusattarov ariza bilan murojaat qilib, 26 oktyabr kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs «Qizilcha» MFY Konsoy darasida qarovsiz qoldirilgan jami bozor narxi 37.900.000 so‘mlik 55 bosh qo‘y va echkilarini o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilgan.

Qidiruv tergov ishlaridan so‘ng ushbu jinoyatni Nurota tumani «Jarma» MFY Oqqula qishlog‘ida yashovchi fuqarolar — 1995 yilda tug‘ilgan, ishlamaydigan, H.K. va 1986 yilda tug‘ilgan, ishlamaydigan, B.H. sodir etgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan H.K. va B.H.ga nisbatan nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!