Pirlo Ronalduga qanday maslahat berishini aytdi

Pirlo Ronalduga qanday maslahat berishini aytdi

«Yuventus» bosh murabbiyi Andrea Pirlo A Seriyaning 8-turi doirasida «Kalyari» (2:0) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi va dubl qayd etgan shogirdi Krishtianu Ronalduga maslahat berdi.

«O‘yinni juda yaxshi nazorat qildik, ayniqsa, birinchi bo‘limda. O‘zimizga bo‘lgan ishonchni oshirish uchun xuddi shunday o‘yin kerak edi. Futbolchilar milliy jamoalar bahslaridan qaytib kelganida har doim diqqatni jamlash qiyin, ammo biz kayfiyatni to‘g‘ri ushlab turish uchun yaxshi ishladik. 

Ronaldu – buyuk professional. U atrofidagilarga o‘yinlarda ham, mashg‘ulotlarda ham o‘rnak bo‘lmoqda. Men unga bera oladigan yagona masalahat: shu ruhda davom et», – deya Pirlodan iqtibos keltiradi DAZN.

G‘alabadan so‘ng Turin klubi ochkolarini 16taga yetkazib, 2-o‘ringa chiqib oldi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!