Peruda koronavirusga chalinganlar soni 300 mingdan oshdi

Peruda koronavirusga chalinganlar soni 300 mingdan oshdi

Peruda koronavirus bilan kasallanganlar soni 300 ming kishidan oshdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib RIA Novosti xabar bermoqda. 

"5 iyul kuni soat 00.00 holatiga ko‘ra ma’lumotlar bo‘yicha 302 718 ta holat ijobiy, 1 480 128 ta holat salbiy bo‘lgan. COVID-19 uchun 1 782 846 kishi test topshirgan (test topshirganlarning 17 %ida virus aniqlanyapti - sof.uz)", - deyiladi SSV bayonotida.

Hozirgi kunda 11 302 kishi kasalxonaga yotqizilgan, ulardan 1 227 kishi sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan holda davolanmoqda. 

Mamlakatda 10 589 kishi koronavirusdan vafot etdi.

Mintaqadagi to‘rtta davlat - Braziliya, Peru, Chili, Meksikaning har birida koronavirusga chalinish holatlari 250 mingdan oshadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!