Pentagon Ukrainaning Rossiya hududiga chuqur zarbalar berishiga ruxsat bermayapti

Pentagon Ukrainaning Rossiya hududiga chuqur zarbalar berishiga ruxsat bermayapti

Pentagon Ukrainaning Rossiya hududiga chuqur zarbalar berishiga ruxsat bermayapti. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi, AQSh harbiy-havo kuchlari general-mayori Pet Rayder matbuot brifingida ma’lum qildi.

Jurnalistning AQSh tomonidan Kiyevga yetkazib berilayotgan qurollardan foydalanishga cheklovlar qo‘yilgani haqidagi savoliga javob berar ekan, u AQShning bu boradagi siyosati o‘zgarmaganini aytdi.

"Ukrainaliklar chetdan kelayotgan hujumlardan o‘zlarini himoya qilish maqsadida Amerika yordamidan foydalanishi mumkin. Boshqacha aytganda, javoban o‘q uzish qilish uchun. Ammo Rossiya hududiga uzoq masofali zarbalar berish masalasiga kelsak, bizning siyosatimiz o‘zgarmadi", — dedi Rayder.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!