Pashinyan o‘z o‘g‘lini armanistonlik asirlarga almashtirishga tayyor

Pashinyan o‘z o‘g‘lini armanistonlik asirlarga almashtirishga tayyor

Armaniston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi jangovar harakatlar tugagandan so‘ng Ozarbayjonda bo‘lgan asir olingan barcha armanlar bilan o‘g‘li Ashotni almashtirishga tayyor.

«Men Aliyevga (Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev) rasmiy ravishda aytaman - men barcha mahbuslar evaziga o‘g‘limni taklif qilaman», - dedi Pashinyan.

Avvalroq Armanistonning sobiq prezidenti Pashinyanni tanqid qilgandi. “Pashinyan umuman bu odamlar qanday ahvolda ekanini tushunadi?! U o‘zining Ashotikini Ozarbayjonda ushlab turilgan 20-25 askarga almashtirsin», - degandi Sarkisyan.

Uning fikriga ko‘ra, mahbuslar har qanday vaqtda qiynoqqa solinishi, zo‘rlanishi va hatto o‘ldirilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!