Oziq-ovqat sohasida rahbarlarni tayyorlovchi institut ochiladi – unga kimlar qabul qilinadi?

Oziq-ovqat sohasida rahbarlarni tayyorlovchi institut ochiladi – unga kimlar qabul qilinadi?

Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti tashkil etildi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan PQ–22-sonli qarorda nazarda tutilgan.

Institutda oziq-ovqat sohasida mukammal texnologlar, yetuk kadrlar va biznes rahbarlar tayyorlanadi.

Ularga oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasida kichik va o‘rta biznes uchun raqobatbardosh texnologiyalar, jarayonlar va tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha ta’lim beriladi.

Qaror bilan quyidagilar tashkil etildi:

Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti;

Institut huzurida Agrobiznes sub’ektlari salohiyatini oshirish markazi – Capacity Building Center;

Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti huzuridagi Qo‘qon oziq-ovqat sanoati va xizmat ko‘rsatish texnikumi.

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar Institutga sohaga mos bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali 2-kursdan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Institutda o‘qitish ingliz, rus va o‘zbek tillarida hamda kunduzgi, sirtqi va masofaviy ta’lim shakllarida amalga oshiriladi.

2024/2025 o‘quv yilidan Institutda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha dual ta’lim tizimi joriy qilinadi.

2024 yil 1 yanvardan Institutning ilmiy salohiyatini oshirish uchun oziq-ovqat sanoati va uni qayta ishlash bo‘yicha ilmiy pedagogik kadrlar (tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!