Ota-ona farzandini maktabga yuborishdan bosh tortmoqda. Nega?

Ota-ona farzandini maktabga yuborishdan bosh tortmoqda. Nega?

Blandenburgda 4 farzandning ota-onasi Andrea va Mixael farzandlarining maktabga bormasliklariga ruxsat bergan. Er-xotinlarning fikricha, maktab demokratik asoslarga qurilmagan, haqqoniy faoliyat olib bormaydi va bolalarni har taraflama siqib qo‘yadi. Xo‘sh, ularning qilayotgan ishlari qanchalik to‘g‘ri?

Qonuga ko‘ra, har bir ota-ona farzandini maktabga jo‘natishga majbur. Yo‘qsa katta miqdordagi jarimani to‘laydi.

Bu oilaning kutilmaganda aytilgan qarori nafaqat jarima to‘lash tashkilotlarini, balki bolalar huquqini himoyalash kengashi Jugendamt”ning ham e’tiborini tortdi. Natijada kengash Andrea va Mixaelning xatti-harakatlarini bolalar huquqini cheklash deb topdi va ularning ota-onalik huquqini bekor qildi. Bundan qattiq g‘azabga tushgan Andrea va Mixael shikoyat bilan Oliy sudga murojaat qildi. Oliy sud esa kengashning qarorini rad etib, ularning huquqlarini qayta tikladi. Lekin endi ularning xonadoniga har hafta kengash xodimi kelib, bolalarni maktabga borishga ko‘ndirishga harakat qilmoqda. Ammo urinishlar natijasiz ketmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!