«Oskar» 2020: Bu yilgi g‘oliblari bilan tanishing

«Oskar» 2020: Bu yilgi g‘oliblari bilan tanishing

Bugun, 10 fevral kuni 2020 yilda mukofotga loyiq topilgan nominasiya g‘oliblari e’lon qilindi.

AQShdagi Dolbi kinoteatrida deyarli 3,5 soat davom etgan taqdirlash marosimida kutilganidek aktyor Xoakin Feniks«Joker» filmidagi ijrosi uchun «Eng yaxshi aktyor» nominasiyasida «Oskar»ga loyiq topildi. «Eng yaxshi aktrisa» nominasiyasida Rene Zellreger («Judi») mukofotlandi.

«Eng yaxshi xorijiy film» yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan «Parazitlar» filmi mukofotni «Eng yaxshi ssenariy» uchun ham qabul qildi.

Joriy yilda «Eng yaxshi kompozitor» uchun «Oskar» «Joker» filmiga bastalangan kuy muallifi Xildur Gudnadottirga nasib etdi. Kino olamida yangragan eng yaxshi qo‘shiq esa «Roketmen»dagi (I’m Gonna) Love Me Again bo‘ldi.

Noan’anaviy operatorlik ishi bilan tasvirga olingan «1917» filmidagi tasvirchi, vizual effekt va ovoz ustalari ham «Oskar»ga loyiq topildi.

Mashhur aktyor Bred Pitt ham mukofotga sazovor bo‘ldi. U ikkinchi plandagi ijrochi nominasiyasida «Bir paytlar Hollivudda» filmidagi roli uchun mukofotni oldi. Taqdirlash marosimida eng yaxshi film sifatida «Parazitlar» kartinasi ko‘rsatiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!