Osiyo taraqqiyot bankining Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha bosh direktori tayinlandi

Osiyo taraqqiyot bankining Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha bosh direktori tayinlandi

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) rahbariyati Yevgeniy Jukovni Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy departamentiga bosh direktor etib tayinladi.

Jukov departament rahbari sifatida OTBning mintaqadagi 10 davlat: O‘zbekiston, Afg‘oniston, Armaniston, Gruziya, Ozarboyjon, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan aloqalarini boshqaradi. U bankning $24 milliard miqdoridagi mintaqaviy portfelini nazorat qiladi.

Bu haqda “Aziya Plyus” nashri xabar bermoqda.

Jukov 10 ta mamlakatdagi vakolatxonalar bilan birga energetika, atrof-muhit, tabiiy zahiralar va qishloq xo‘jaligi, davlat boshqaruvi, moliyaviy sektor va savdo, mintaqaviy hamkorlik va operasiyalarni muvofiqlashtish, ijtimoiy sektor, transport va aloqa, shahar boshqaruvi va suv resurslari sohaviy tarmoqlarini ham boshqarib boradi.

Shuningdek, u OTBning 11 mamlakat bo‘yicha iqtisodiy o‘sish va barqaror rivojlanishga ko‘maklashishga qaratilgan Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi bilan hamkorligini nazorat qiladi.

«So‘nggi o‘n yilda Markaziy va G‘arbiy Osiyoda misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar yuz berdi, mintaqada kelgusida rivojlanish uchun ulkan imkoniyatlar mavjud, – deydi janob Jukov. – Ammo hozirgi kunda asosiy e’tiborimiz COVID-19 oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan. OTB mintaqadagi hukumatlar va rivojlanish bo‘yicha hamkorlar bilan iqtisodiy hamkorlikni tiklash, transport yo‘laklarini rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini targ‘ib qilish va raqobatbardosh inklyuziv iqtisodiyotni yaratish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni davom ettiradi».

Evgeniy Jukov OTB tizimida 25 yildan ortiq vaqt davomida ishlab keladi. U 1995 yilda yosh mutaxassis sifatida ish boshlagan. Yaqingacha Jukov OTB kotibi sifatida Bankning Direktorlar Kengashi va menejmenti bilan aloqalarini nazorat qilib kelgan. Yillar davomida OTBda bir qancha mas’ul rahbarlik lavozimlarida ishlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!