Orban Moskvaga safari: Missiya bajarildi!

Orban Moskvaga safari: Missiya bajarildi!

Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning fikricha, u Moskvaga tashrifining asosiy maqsadi – Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Ukrainada tinchlikka erishish uchun eng qisqa yo‘l bo‘yicha muloqotni boshlashga erishgan. Vengriya hukumati rahbari, shuningdek, o‘zining tinchlikparvarlik missiyasi 8 iyul kuni davom etishini ma’lum qildi, deya xabar beradi OAV.

«Prezident Putin bilan muzokaralarni yakunladim. Maqsadim to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot kanallarini ochish va tinchlik sari eng qisqa yo‘lda muloqotni boshlash edi. Missiya bajarildi! Va dushanba kuni davom etadi», deb yozdi Orban ijtimoiy tarmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!