Organizmni spirtli ichimliklardan tez va oson tozalash usuli topildi

Organizmni spirtli ichimliklardan tez va oson tozalash usuli topildi

Kanadalik olimlar organizmni spirtli ichimliklardan tozalashning oddiy va tezkor usulini ishlab chiqdi. Tadqiqot “Scientific Reports” jurnalida ma’lum qilindi.

Manbaga ko‘ra, bu jarayon qimmatbaho uskunalarni talab qilmaydi. 

Kanadada joylashgan Toronto universiteti sog‘liqni saqlash tarmog‘i tadqiqotchilari organizmni spirtli ichimliklardan tozalash uchun o‘pkadan foydalanishni taklif qildi.

Olimlar giperventilya – chuqur va tez nafas olish bilan alkogolning jigar orqali uch baravar tezroq chiqarib tashlanishini aniqladi. Bu jarayonda tanadan spirt chiqarilishi darajasi ham ko‘rsatildi.

Ushbu usul ilgari shifokorlarga ma’lum bo‘lgan, ammo cheklangan darajada qo‘llanilgan. Chunki inson majburan kuchli nafas olganda ko‘p miqdorda karbonat angidrid yo‘qoladi. Bu esa bosh aylanish, hushidan ketish kabi asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, barcha alkogol ichimliklar tarkibidagi etanol ma’lum vaqtdan so‘ng zahar vazifasini o‘tay boshlaydi va qon aylanish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!