Oqibatsiz ota qamoqqa ravona bo‘ldi

Oqibatsiz ota qamoqqa ravona bo‘ldi

Oramizda tirnoqqa zor bo‘lgan oilalar qancha. Yaratgandan farzand so‘rab tilab umrlarini ham o‘tkazgan kishilar ham oz emas. Biroq,  “ota” lik mas’uliyatini unutib qo‘ygan kimsalar ham topiladi.

2021 yil mart kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Nurota tuman sudining ochiq sud majlisi binosida bo‘lib, Z.S.Ibragimovning raisligida, sudya yordamchisi M.Egamovning kotibligida, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik holati yuzasidan Umarov Abdirasul Xudayberganovichga (barcha ism shariflar o‘zgartirilgan)    nisbatan ma’muriy ishni ko‘rib chiqdi.

Huquqbuzar A.Umarov, fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudining 10.08.2016 yildagi ijro hujjatiga asosan, fuqaro Z.Shakarovaning foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun har oyda ishlab topgan daromadining uchdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan bo‘lsa-da, 2016 yilning noyabr oyidan 2021 yilning mart oyiga qadar undirilishi lozim bo‘lgan jami 42.372.488 so‘m miqdoridagi aliment pullarini to‘lamasdan, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab kelib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan.

Huquqbuzar A.Umarov sud majlisida, huquqbuzarlik harakatiga iqrorlik bildirib, haqiqatdan ham fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudining 02.08.2016 yildagi ijro hujjatiga asosan, fuqaro Z.Sharipovaning foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilanganligini, shu vaqtga qadar hech qayerda ishlamaganligi, oilaviy sharoiti to‘g‘ri kelmaganligi uchun 2016 yilning noyabr oyidan 2021 yilning mart oyiga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan jami 42.372.488 so‘m miqdoridagi aliment pullarini to‘lamasdan yurganligini, hozirda aliment pullarini to‘lashga sharoiti yo‘qligini, qilgan ishidan pushaymonligini, boshqa bu holat takrorlanmasligini, oilaviy sharoitini inobatga olib, o‘ziga nisbatan qonuniy yengillik berishni so‘ragan bo‘lsa-da, sud huquqbuzar A.Umarovga jazo tayinlash masalasini muhokama qilib, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini MJtKning 31-moddasiga asosan qilmishini yengillashtiruvchi holatlar deb, MJtKning 32-moddasiga asosan qilmishini og‘irlashtiruvchi holatlar yo‘q deb hisoblab, MJtKning 474-moddasi 2-qismida birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish jarayonida aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda to‘lagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etilishi belgilanganligini, huquqbuzar A.Umarov tomonidan qarzdorlik to‘lanmaganligini inobatga olib, unga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasi 1-qismi O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasi 1-qismi bilan 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.

Zero, “Qilmish-qidirmish!” degan naql bejizga aytilmagan.

Zafar Ibragimov,

Jinoyat ishlari bo‘yicha  Nurota tuman sudi raisi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!