“Omoniya” futbolchisi Yevropa Ligasi tarixidagi eng uzun golni urdi

“Omoniya” futbolchisi Yevropa Ligasi tarixidagi eng uzun golni urdi

29 oktyabr kuni Kiprning "Omoniya" jamoasi o‘z uyida Niderlandiyaning PSV jamoasini qabul qildi.

Kiprliklar 1:2 hisobida yutqazishdi.

O‘yinning 29-daqiqasida “Omoniya” futbolchisi Jordi Gomes 56 metrdan darvoza tomon zarba berib, turnir tarixidagi eng uzun golni urdi.

Ta’kidlanishicha, Gomes 22 oktyabr kuni Belgiyaning "Standard" jamoasiga qarshi o‘yinda 50 metrdan gol urgan Shotlandiyaning “Reyndjers” futbolchisi Kemar Rufaning rekordini yangilagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!