Olimlar koronavirus qurbonlarining yangi toifasi haqida ogohlantiirmoqda

Olimlar koronavirus qurbonlarining yangi toifasi haqida ogohlantiirmoqda

Buyuk Britaniya olimlari koronavirus infeksiyasidan eng ko‘p nobud bo‘layotgan kishilar toifasini aniqlashdi. Bu haqda Daily Mail nashri shunday yozadi:
“Kasallik emlanishni rad etgan 40 yosh va undan katta odamlarni o‘z domiga tortmoqda. Ularning ayrimlari butunlay sog‘ bo‘lgan va infeksiyadan davolanayotgan paytda ularda boshqa kasalliklar qayd etilmagan”.

Vaksina olganlar orasida o‘lim qayd etilayotganiga to‘xtalar ekan, mutaxassislar bunga bir nechta omillarni keltirib o‘tishgan. Bemor odamlarning taxminan besh foizida preparatga qarshi immunli javob bo‘lmaydi, yana shuncha odam sog‘lig‘ida muammo bo‘lgani uchun vaksina ta’sirini juda past sezadi. Ushbu toifaga transplantatga ega bemorlar kiradi. Ular organizmidagi infeksiyaga qarshi kurashda jiddiy dozalarda dori-darmon qabul qiladi. Bundan tashqari, ekspertlarning aniqlik kiritishicha, ushbu toifaga qonida saratoni bor odamlar ham kiradi.

Mutaxassislarning eslatishicha, koronavirusga chalingan odamlarda yosh ham xavf omili hisoblanadi. “Garchi vaksina olish COVID-19 dan o‘lim ko‘rsatkichini sezilarli ravishda kamaytirsada, xavf 70 yoshli odamlar uchun 35 yoshlilar bilan solishtirganda 32 marotaba yuqori”, deydi shifokorlar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!