Olimlar arablarda ko‘pxotinlilik nega kamayib borayotganini tushuntirishdi

Olimlar arablarda ko‘pxotinlilik nega kamayib borayotganini tushuntirishdi

Mag‘ribdagi arab davlatlari(Liviya, Marokko, Tunis, Jazoir va Mavritaniya)da ko‘pxotinlilik tobora urfdan qolmoqda, dedi Muhammad VI nomli Marokkodagi sosiologiya universiteti professori Muxtor al-Xarras arab dunyosida oila holati mavzusiga bag‘ishlangan forumda. RIA Novosti xabari asosida.

"Liviyada murakkab vaziyat va iqtisodiy sabablarga ko‘ra, ko‘pxotinlilik singari holatlar soni kamaydi. Tunisda 1975 yilda ko‘pxotinlilikni ta’qiqlovchi qonun qabul qilingan. Marokkoda 2004 yilda bir vaqtning o‘zida bir nechta nikohdan o‘tishga to‘siq qo‘yadigan qonun qabul qilingan. Xususan, bunday ishga qo‘l urmoqchi bo‘lgan erkak bir nechta shartlarni bajarmog‘i lozim, xususan, birinchi xotinning ruxsatini olish shartlardan biri sanaladi. Jazoirda ko‘p xotinga ega erkaklar soni juda kam, va umuman olganda, ko‘pxotinlilik g‘oyasi jamiyatda ko‘pam qo‘llab-quvvatlanmaydi. Mavritaniyada ko‘pxotinlilik jamiyatning muayyan qatlamlari orasidagina keng tarqalgan", - deya tushuntiradi professor.

Al-Xarrasning aytishicha, ko‘pgina arab davlatlarida ko‘pxotinlilik o‘z aktualligini yo‘qotayotgani sababi - erkaklarning shu kecha-yu kunduzda barcha xotinlari va bolalarini teng darajada ta’minlay olmasligi bilan izohlanmoqda. Bundan tashqari, professorning qayd etishicha, arab ayollari orasida ko‘pxotinlilikning adolatsizligi, bunday holatlarda ko‘pincha ayollar va bolalar huquqi poymol etilishi haqidagi fikr tobora keng qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Shu bilan birga, Mag‘ribdagi arab davlatlarida erkaklar hali ham o‘z ayollarining ishlashlarini hazm qila olishmaydi, ijtimoiy tadqiqotlarga ko‘ra, ushbu davlatlarda oilalarning uchdan bir qismida ayolning ishlashi er bilan kelishmovchiliklarga sabab bo‘ladi. Mintaqaning eng feministik mamlakati hisoblanmish Tunisda aynan shu turdagi kelishmovchiliklar ko‘proq uchrashi ta’kidlanmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, tunislik erkaklarning 42%i o‘z ayolining mehnat faoliyatidan norozi.

Shu bilan birga, Mag‘rib davlatlarida er-xotin o‘rtasidagi yosh tafovuti 4-6 yoshni tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!