Oksford lug‘ati yil so‘zini tanladi (video)

Oksford lug‘ati yil so‘zini tanladi (video)

Oksford lug‘ati 2018 yilning “yil so‘zi” sifatida toxic (zaharli) so‘zini tanladi. Ta’kidlanishicha, ushbu so‘z ingliz tilida XVII asr o‘rtalarida paydo bo‘lgan. 

Lug‘at mualliflarining ta’kidlashicha, ushbu so‘zga qiziqish joriy yilda ancha oshgan. Bu so‘zning ma’nosi keltirilgan sahifani ko‘rish soni 45 foizga ko‘paygan. Ushbu so‘z “zaharli kimyoviy moddalar” , “zaharli maskulinlik” va “zaharli modda” iboralarida ko‘proq qo‘llangan.  

Mutaxassislarning fikricha, “zaharli kimyoviy moddalar” va “zaharli modda” iboralariga qiziqish Buyuk Britaniyada GRUning sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi zaharlangandan keyin oshgan. “Zaharli maskulinlik” iborasi esa jinsiy tegajog‘liklar bilan bog‘langan bo‘lib, bu bilan bog‘liq bir nechta mojarolardan keyin dolzarb iboraga aylangan. Bundan tashqari, bu iboraning ommaviylashishiga jinsiy tegajog‘liklarga qarshi #MeToo harakati sababchi bo‘lgan.

2017 yilda lug‘at yil so‘zi sifatida “yoshlar isyoni” (youthquake) so‘zini tanlagandi.

Bundan avvalroq Collins Dictionary lug‘ati noshirlari 2018 yilning bosh so‘zi sifatida “single-use” – “bir martalik” iborasini tanlashgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!