Sankt-Peterburg sudi uchta Yevropa bankining Rossiyadagi aktivlarini hibsga oldi

Sankt-Peterburg sudi uchta Yevropa bankining Rossiyadagi aktivlarini hibsga oldi

Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati arbitraj sudi Yevropadagi uchta bankning deyarli 800 million yevro miqdoridagi Rossiya aktivlarini hibsga oldi. Bu haqda Financial Times sud hujjatlariga tayanib yozmoqda.

Gazetaning qayd etishicha, Deutsche Bankning 238 million yevrodan ortiq, Commerzbankning 94 million yevro va UniCredit Bankning 462 million yevrodan ortiq mablag‘i musodara qilingan.

O‘tgan yilning avgust oyida banklarga qarshi da’volar «Gazprom» va «RusGazDobicha» shirkati bo‘lgan "Rusximalyans" tomonidan berilgan edi. 2021 yilda "Rusximalyans" Germaniyaning Linde kompaniyasiga Leningrad viloyatida gazni qayta ishlash zavodini loyihalashtirish va qurishni buyurdi. Deutsche Bank, Commerzbank, UniCredit va yana ikkita bank bitimda kafil sifatida ishtirok etdi.

"Rusximalyans" avansni Lindega o‘tkazdi, ammo 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi va keyingi sanksiyalar fonida nemis kompaniyasi ishini to‘xtatdi.

Rossiya bilan bog‘liq cheklovlar tufayli banklar ham o‘zlarining kafolat majburiyatlarini bajara olmadilar. Shundan so‘ng, "Rusximalyans" ularga qarshi da’vo arizasi bilan chiqdi.

2022 yil oxirida sud "Rusximalyans" ning da’vosini qanoatlantirdi va Lindening 35 milliard rubl miqdoridagi Rossiyadagi aktivlarini hibsga oldi. Shu yilning fevral oyida sud nemis kompaniyasidan «Gazprom» sho‘ba korxonasi foydasiga 143 milliard rubl undirdi. Mart oyida "Rusximalyans" Lindega qarshi 105,5 milliard rubl miqdorida yangi da’vo qo‘zg‘atdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!