Braziliyada kuchli yomg‘ir tufayli Portu-Alegri aeroportini suv bosdi

Braziliyada kuchli yomg‘ir tufayli Portu-Alegri aeroportini suv bosdi

Braziliyada kuchli yomg‘ir tufayli Portu-Alegri aeroportini suv bosdi.

Aeroportning rasmiy veb-saytida yozishlicha, aeroport o‘z faoliyatini noma’lum muddatga to‘xtatgan.

Aprel oyi oxiridan beri Braziliya janubidagi Riu-Grande-du-Sul shtatida kuchli yog‘ingarchiliklar tufayli toshqinlar kuzatilmoqda. Suv toshqinlari oqibatida hozirgacha 150 dan ortiq odam halok bo‘lgan, 800 dan ortiq kishi turli darajada jarohatlangan, 94 kishi bedarak yo‘qolgan deb topildi. 340 mingdan ortiq aholi xavfsiz hududlarga ko‘chirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!