Odamlarga suv tashigan podshoh

Odamlarga suv tashigan podshoh

Bani Isroilda bir obid kishi bor edi. Uning jundan to‘qilgan jubbasi bilan odamlarga suv tashiydigan meshidan boshqa narsasi yo‘q edi. O‘limi yaqinlashgach, u shogirdlariga shunday deydi: Bu dunyoda ustimdagi jubba bilan ertangi kun Qiyomat kuniga o‘zim bilan olib keta olmaydigan meshimni qoldirib ketyapman. Vafot etganimdan keyin ularni falonchi podshohga olib borib beringlar. U dunyosiga qo‘shib, buni ham ortib olsin .

Obid vafot etgach, podshohga uning gaplarini yetkazishdi. Podshoh: Bu obid shu birgina kiyim bilan meshini u dunyoga ko‘tarib keta olmabdi, men bo‘lsa shuncha mol-dunyo to‘plabman , debdi-da, meshkobning gapidan ta’sirlanib, uning jubbasini kiydi, meshni oldi-da, podshohlikdan voz kechib, bir umr odamlarga suv tashib yurdi.

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!