Nurmagomedov Poryega bergan va’dasi ustidan chiqdi

Nurmagomedov Poryega bergan va’dasi ustidan chiqdi

Rossiyalik yakkakurashchi Xabib Nurmagomedovdan mag‘lubiyatga uchragan amerikalik yakkakurash jangchisi Dastin Porye o‘zi asos solgan The Good Fight Foundation jamg‘armasiga xayriya mablag‘i o‘tkazgani uchun dog‘istonlik sportchiga minnatdorlik bildirdi.

“Sening saxiy xayriyang va va’dang ustidan chiqqaning uchun rahmat. Sen qo‘shgan hissa odamlarga yordam beradi”, deyilgan jamg‘armaning tvitterdagi sahifasida. 

7 sentyabrda Porye Abu-Dabida o‘tgan jangda Nurmagomedovga mag‘lub bo‘lgandi. Jangdan keyin ikki yakkakurashchi o‘zaro futbolkalar almashishgan. O‘shanda Nurmagomedov Poryega u bergan futbolkani auksionda sotib, tushgan pulni raqibi jamg‘armasiga o‘tkazishini aytgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!