Nukusda bosqinchi bir oilaga kirib, xonadon egalarini pichoqlab ketdi

Nukusda bosqinchi bir oilaga kirib, xonadon egalarini pichoqlab ketdi

Joriy yilning 8 aprel kuni, soat 04:00 larda Nukus shahar, Taxtako‘pir ko‘chasi 66-uyda yashovchi D.M. (1956 y.t.) uyida yurgan noma’lum shaxsning ovozini eshitib, u tomonga borgan vaqtda noma’lum shaxs uni qasddan o‘ldirish maqsadida ko‘krak qafasining o‘ng qismiga pichoq bilan bir marotaba urgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Shuningdek, noma’lum shaxs D.M. uydagilarni yordamga chaqirgan vaqtda chiqib kelgan turmush o‘rtog‘i A.SH.ning (1961 y.t.) ko‘krak qafasining chap tomoniga pichoq bilan bir marotaba urib, voqea joyidan yashiringan.

A.SH. olgan tan jarohati natijasida voqea joyida vafot etgan, D.M. shifoxonaga yotqizilib, zudlik bilan ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida uning hayoti saqlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan 8 aprelda Nukus shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi a bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyatni sodir etgan shaxsni aniqlash uchun barcha zaruriy tezkor-qidiruv va tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!