Noto‘g‘ri «tonirovka»langan mashinalar jarima maydonchasiga tushishi mumkin

Noto‘g‘ri «tonirovka»langan mashinalar jarima maydonchasiga tushishi mumkin

«Tonirovka» borasida tushunmovchilik yuzaga kelayotgani sababli Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram kanali bu masalaga aniqlik kiritdi.

Hukumat qarorida old yon oynalarining tusini yorug‘lik o‘tkazuvchanligi 50 foizdan kam bo‘lmagan darajada qoraytirishga ruxsat etilgan (to‘lov asosida). Bu degani old yon oyna kamida 50 foiz yorug‘lik o‘tkazishi shart.

Ushbu normada old yon oynalarga 50 foizlik «tonirovka» o‘rnatish uchun ruxsat berilmagan, aksincha, yorug‘lik o‘tkazuvchanligi 50 foizdan kam bo‘lmagan darajada qoraytirishga ruxsat etilgan. Ya’ni + 50% emas = 50%.

Hozirda ishlab chiqarilayotgan avtomashinalar oynalarining (odatda «lyuks» avtomashinalar) 30 foizgacha qoraytirilgan bo‘lishini inobatga olsa, old yon oynalarni 20 foizgacha qoraytirishning o‘zi kifoya bo‘ladi. Bundan ortig‘i ortiq, belgilangan me’yordan oshib ketadi.

Orqa yon va orqa oynalarga esa buning ahamiyati yo‘q. Sababi ushbu oynalarining tusini yorug‘lik o‘tkazuvchanligi cheklanmagan miqdorda o‘zgartirishga ruxsat etilgan.

Ma’lumki, avtomashina oynalarining pastki qismida oynaning necha foiz yorug‘lik o‘tkazuvchanlik darajada ekanligi yozilgan bo‘ladi.

Odatda «oddiy» sinfga mansub avtomashina oynalarining yorug‘lik o‘tkazuvchanligi 100 foiz, «lyuks» sinfga mansub bo‘lgan avtomashina oynalarining yorug‘lik o‘tkazuvchanligi esa 70 foiz bo‘ladi.

Shundan kelib chiqib, avtomoshinalarning old yon oynalarini qoraytirishda oynaning o‘zida belgilangan yorug‘lik o‘tkazuvchanlik darajasini hisobga olgan holda, «tonirovka» qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Mashinalarning old yon oynalari «tonirovka» qilinganda ushbu oynadan kamida 50 foiz yorug‘lik o‘tishi shart. Aks holda avtomashina «jarima maydonchasi»ga olib ketilib, haydovchi katta miqdorda jarima to‘lashiga to‘g‘ri keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!