Notarial harakatlar — xalq manfaati uchun!

Notarial harakatlar — xalq manfaati uchun!

So‘nggi yillarda mamlakatimizda notariat institutining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash hamda notarial idoralar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatish sifati darajasini oshirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, notarial xizmatlar ko‘rsatishning tezkorligini oshirish, fuqarolik-huquqiy munosabatlarda, jumladan, xususiy mulk egalari o‘z mulkini erkin tasarruf etishi va undan foydalanishida ortiqcha byurokratik to‘siq va g‘ovlarni olib tashlash hamda sohani raqamlashtirish bo‘yicha qator maqsadli vazifalarni amalga oshirish zamon talablaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Ayniqsa, “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5816-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi tomonidan aholining mushkulini oson, uzog‘ini yaqin qilish maqsadida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekistonda 2020 yilda 3,3 mln.dan ortiq notarial harakatlar amalga oshirildi. Pandemiya sharoitida notariuslar 23 323 marotaba sayyor xizmat ko‘rsatdi, 39 678 ta notarial harakat davlat bojidan ozod qilindi. Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyatini tashkil etishda aynan shu jihatlarga e’tibor berildi. Ya’ni notariat tizimi avtomatlashtirildi, “e-notarius.uz” sayti hamda «Notarius» avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishga tushdi.

Endilikda notariusga murojaat qilmoqchi bo‘lgan fuqaro yuqoridagi saytdan o‘ziga yaqin hududda joylashgan notariusni tanlashi va elektron qabulga yozilishi mumkin. Belgilangan vaqtda idoraga tashrif buyurgan mijozga «Notarius» avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali xizmat ko‘rsatiladi. Ayniqsa, mijozlar to‘lagan pul haqida SMS-xabar ularning telefon raqamiga pul to‘langan zahoti yuborilishi ortiqcha to‘lov va korrupsiyaning oldini olishga xizmat qilayotganligi, bu esa o‘z navbatida, fuqarolarning xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyatini ijobiy baho bermoqda.

Amalga oshirilgan mazkur notarial harakatlarning barchasi aholining ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflashining oldini olish, ularga ushbu sohadagi muammolariga yechim topishida va fuqarolar manfaatlari yo‘lida tinimsiz harakatda bo‘lish eng oliy maqsadlardan biri ekanligidan dalolat beradi. O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi tomonidan shu kabi xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish yuzasidan xayrli ishlarini davom qildiradi va xalqni rozi qilish yuzasidan o‘z izlanishlari davom qildirmoqda va xalqaro tajribani o‘rganmoqda.

Zebo KAMALOVA,

To‘rtko‘l tumani xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!