Niderlandiya Rossiyaga millionlab mikrochiplar yetkazib bermoqda

Niderlandiya Rossiyaga millionlab mikrochiplar yetkazib bermoqda

Rossiya sanksiyalarga qaramay, Niderlandiya kompaniyalaridan mikrochiplar sotib olishda davom etmoqda. Buni NOS agentligi o‘tkazgan jurnalistik surishtiruv natijalari tasdiqladi.

«Keskin sanksiyalarga qaramay, Niderlandiya kompaniyalarining mikrochiplari hali ham Rossiyaga yetkazilmoqda. Gap Ukraina bosqini boshlangan vaqtdan dekabrgacha bo‘lgan davrda yetkazilgan millionlab dona mikrochiplar haqida ketmoqda», deb yozdi gazeta.

Ochiq savdo ma’lumotlari va maxfiy hujjatlarni o‘rganib, shuningdek, ushbu operasiyalarda ishtirok etayotgan kompaniya vakillari va ekspertlar bilan suhbatdan so‘ng, jurnalistlar yetkazib berish qanday amalga oshirilganini aniqladilar.

Ushbu sxema Xitoy kompaniyalarining kichik guruhi orqali amalga oshirilmoqda, ular chiplarni Niderlandiyadan sotib olib, keyin Rossiyaga qayta sotmoqda.

«Sanksiyalar kuchaytirilganiga qaramay, so‘nggi oylarda eksportda pasayish kuzatilmadi», deyiladi maqolada.

Aytilishicha, Rossiya Niderlandiyaning ikkita yirik - NXP va Nexperia kompaniyalaridan chip olmoqda. NXP chiplari yaqinda Ukrainadagi jang maydonidan topilgan.

Ushbu kompaniya vakillari o‘z mijozlarini sinchkovlik bilan tekshirib ko‘rayotganini va o‘z mahsulotlari qanday qilib ruslar qo‘liga tushib qolganini bilmasligini ta’kidlagan.

AQSh Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya va BAA ham Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda ko‘maklashmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!