Nemis kompaniyalarida kiberhujumlardan ko‘rilgan zarar rekord darajadagi 267 milliard yevroga yetdi

Nemis kompaniyalarida kiberhujumlardan ko‘rilgan zarar rekord darajadagi 267 milliard yevroga yetdi

Germaniyadagi kompaniyalarning 80 foizdan ortig‘i so‘nggi 12 oy ichida ma’lumotlar o‘g‘irlanishidan aziyat chekdi va 2024 yilda kiberhujumlardan ko‘rilgan zarar deyarli rekord darajaga - 267 milliard yevroga etdi.

"Bitkom" axborot texnologiyalari federal assosiasiyasi o‘tkazgan tadqiqot natijalari shundan dalolat bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, 2023 yilda nemis kompaniyalarining 72 foizi kiberhujumlar qurboniga aylangan va kiberjinoyatchilarning harakatlaridan ko‘rilgan zarar 205,9 milliard yevroni tashkil qilgan, bundan avvalgi rekord 2021 yilda o‘rnatilgan, o‘shanda hujumchilar 223,5 milliard yevro zarar yetkazishga muvaffaq bo‘lishgan.

Kiberhujumlardan jabrlangan kompaniyalarning 70 foizga yaqini aybdor uyushgan jinoyatchilik ekanligini ta’kidlagan (bir yil oldin firmalarning 61% ham shunday fikrda edi). Kiberjinoyat qurbonlarining yana 20 foizi ularga qilingan hujumlar ortida xorijiy razvedka xizmatlari turganiga ishonishadi (7 foizi bir yil avval shunday deb hisoblagan).

"Germaniya iqtisodiyoti uchun xavfsizlik tahdidlari kuchaymoqda. Korxonalar himoya choralarini kuchaytirishda davom etishlari kerak, bu ham kiber hujumlarga, ham telefon tinglash yoki qog‘oz hujjatlarni o‘g‘irlash kabi "klassik" jinoyatlarga taalluqlidir" - dedi Bitkom prezidenti Ralf Vintergerst. Uning fikricha, zamonaviy dunyoda IT-xavfsizligi mavzusi alohida ahamiyat kasb etdi, uni ta’minlash "hamma joyda kompaniya boshqaruvining vazifasiga aylanishi kerak".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!