Navoiyda YPX xodimi haydovchining soqoliga e’tiroz bildirdi. Voqea yuzasida tekshiruv o‘tkazilmoqda

Navoiyda YPX xodimi haydovchining soqoliga e’tiroz bildirdi. Voqea yuzasida tekshiruv o‘tkazilmoqda

Joriy yilning 12 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqda “GAI xodimi haydovchining soqol o‘stirganiga e’tiroz bildirdi” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.

Video lavhadagi holat o‘rganilganda, joriy yilning 5 sentyabr kuni soat 09:30 larda, Navoiy shahar, I.Karimov ko‘chasida xizmat olib borayotgan Navoiy viloyati IIB YHXB inspektori O‘.Halimov “Spark” rusumli 85 581 TTD davlat raqam belgili avtomobil haydovchisiga to‘xtash ishorasini bergan.

O‘zaro muloqot vaqtida YPX inspektori haydovchining soqol o‘stirganlik holatiga e’tiroz bildirgan. Xodimning ushbu e’tirozlarini haydovchi shaxsiy uyali aloqa vositasi orqali video tasvirga olgan. Video tasvir ijtimoiy tarmoqda tarqalgan.

Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Tekshiruv xulosasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!