Navoiyda qidiruvdagi 5 ta mashina topildi va auksionga qo‘yildi

Navoiyda qidiruvdagi 5 ta mashina topildi va auksionga qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tashkil etilganidan keyin sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini  ijro etish sohasida ko‘zga ko‘rinarli ishlar amalga oshirilayotganligi amalda o‘z tasdig‘ini topmoqda.

Bu jarayonda Byuroning davlat ijrochilari bilan bir qatorda qidiruv bo‘yicha inspektorlari ham samarali faoliyat olib borishmoqda. Jumladan, Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudining 01.02.2019 yildagi ajrimiga asosan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a,v”-bandlari bilan sudlangan YU.Ikromov (ismi sharifi o‘zgartirilgan) va boshqalar tomonidan sodir qilgan jinoyatlari oqibatida yetkazilgan zararni qoplash uchun YU.Ikromov rahbarlik qilgan tashkilotga qarashli bo‘lgan besh dona avtomobillar davlat foydasiga o‘tkazilishi belgilangan. Lekin, jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining 02.06.2017 yilda chiqarilgan hukmiga ko‘ra, mazkur avtomobillar o‘z egalariga qaytarilganligi sababli, mazkur ajrimning ijrosini ta’minlash bir talay qiyinchiliklarni keltirib chiqarishiga qaramasdan MIB Navoiy shahar bo‘limi tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida umumiy qiymati 650 000 000 so‘mga baholangan beshta avtomobillar o‘z vaqtida topildi va auksionda sotuvga qo‘yildi.

Bundan tashqari, Andijon viloyat iqtisodiy sudining 12.03.2019 yildagi ijro varaqasiga ko‘ra, Navoiy shahridan ro‘yxatdan o‘tgan “Fayzobod” (tashkilot nomlari o‘zgartirilgan) MCHJdan “Oltiariq” MCHJ foydasiga undirilishi kerak bo‘lgan pul mablag‘larini undirish maqsadida “Fayzobod” MCHJga tegishli bo‘lgan yuk avtomashinasi boshqa shaxslarga noqonuniy ravishda sotib yuborilganligiga qaramasdan MIB Navoiy shahar bo‘limi tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida topildi va auksionda sotuvga qo‘yildi.

Har ikkala holatda auksionda sotilgan avtomobillardan tushgan pullar undiruvchilar foydasiga o‘tkazilishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!