Navoiyda 7 kishi halok bo‘lgan YTHda «aybdor» aniqlandi. U qochib ketgan

Navoiyda 7 kishi halok bo‘lgan YTHda «aybdor» aniqlandi. U qochib ketgan

Joriy yilning 10 oktyabr kuni kech soat 01:10 larda Karmana tumani hududidan o‘tuvchi M37 avtomobil yo‘lida Nexia 2 rusumli avtomashina halokatga uchrab, uning salonidagi 7 nafar yo‘lovchi yonib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Viloyat IIB YHXB mutaxassislarining ma’lumot berishicha yuk avtomashinasi haydovchisi H.J. Navoiy—Qiziltepa yo‘nalishida harakatlanib, M37 yo‘lining burilish joyida Nexia 2 rusumli avtomashinaga yo‘l bermagan. Mazkur holat sabab yo‘l transport hodisasi kelib chiqqan.

«Eng achinarlisi, yuk avtomashinasi egasi voqea sodir bo‘lgan yerda halokatga uchraganlarga birinchi yordam ko‘rsatmay, voqea joyida yashiringan. Agar u birinchi yordam ko‘rsatishga shoshganda balki fuqarolarning barchasi halok bo‘lmasdi», – deydi viloyat FVB katta leytenanti Rashid Toshnazarov.

H.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov jarayonlari davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, fuqaro H.J. Qiziltepa tumanida 1983 yilda tug‘ilgan, oilali, ikki nafar farzandi bor.

Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Manba: 7news. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!