NASA Oyga birinchi ayol kishini yaqin 10 yil ichida yuborishni rejalashtirmoqda

NASA Oyga birinchi ayol kishini yaqin 10 yil ichida yuborishni rejalashtirmoqda

 

AQSh Aeronavtika va kosmik makonni tadqiq qilish bo‘yicha milliy boshqarmasi (NASA) yaqin o‘n yil ichida Oyga birinchi ayolni uchirishni rejalashtirmoqda, deb yozadi «RBK».

NASA kosmik parvozlari rahbari Charli Blekvell-Tompson CBS News telekanaliga ma’lum qilishicha, missiya «Artemida» dasturi doirasida rejalashtirilmoqda, ushbu dasturga to‘qqiz nafar erkak va to‘qqiz nafar ayol a’zo bo‘ladi. «Er yo‘ldoshini o‘rganishni qaytadan boshlash yangi qimmatli bilimlarga ega bo‘lish va ko‘plab ilmiy kashfiyotlar qilish imkoniyatini beradi», — deydi u.

Shu bilan birga, CBS News qayd etishicha, ayni paytda mablag‘lar keragidan ortiqcha sarf bo‘lishi tufayli «Artemida» dasturini amalga oshirish kechikmoqda.

Avvalroq NASA parvoz qiluvchi Sofia infraqizil teleskopi yordamida olib borilgan Oyni o‘rganish ishlari davomida uning Yerga qaragan tomonida birinchi marta suv izlarini aniqlagan edi. Avval suv Oyning Quyosh nuri isitmaydigan orqa tomonidagi kraterlarida mavjud, deb hisoblanardi.

NASA’ning «Artemida» dasturi doirasida 2024 yilda amerikalik astronavtlarning Oy yuzasiga tushishi va uning muz shaklida suv zaxiralari mavjud deb hisoblanadigan Janubiy yarimsharida tadqiqotlar olib borishi rejalashtirilmoqda, deyilgandi o‘shanda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!