Namanganda MIB qo‘ygan cheklovni o‘chirtirish uchun 700 dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olindi

Namanganda MIB qo‘ygan cheklovni o‘chirtirish uchun 700 dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olindi

Namanganda MIB tomonidan qo‘yilgan cheklovni o‘chirtirish uchun pul talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.

Viloyat IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yil 11 sentyabr kuni Uychi tumanida yashovchi ayol ariza bilan murojaat qilib, shu tumanda yashovchi shaxs MIB Uychi tuman bo‘limi tomonidan qo‘yilgan cheklovni o‘chirtirib berish evaziga 300 AQSh dollari olgani va yana 400 dollar talab qilayotganligini bildirgan.

Murojaatga asosan viloyat IIB tezkor qidiruv xizmati Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi hamda tuman IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida murojaatda nomi keltirilgan shaxs arizachidan kimyoviy ishlov berilgan 400 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Qing‘ir yo‘l bilan erishilgan pullar firibgarga nasib etmadi. Fuqarolardan pul evaziga ishni hal qilib beruvchi ‘hojatbaror’larga aldanib qolmasliklarini so‘raymiz” deyiladi axborot xizmati lavhasida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!