Shvesiya Eronni Qur’on yoqib yuborilgani uchun qasos olganlikda ayblamoqda

Shvesiya Eronni Qur’on yoqib yuborilgani uchun qasos olganlikda ayblamoqda

Shvesiya Eronni kiberhujum uyushtirganlikda hamda Qur’on yoqib yuborilgan norozilik namoyishlaridan keyin shvesiyaliklarga minglab SMS jo‘natganlikda aybladi.

Gap o‘tgan yili qayd etilgan pochta xabari haqida ketmoqda. O‘sha vaqtda shvesiyalik abonentlarga “Qur’on yoqib yuborilgani uchun” qasos olishga chaqiruvchi noodatiy SMS-xabarlar kelgan.

Qayd etilishicha, bu mamlakatda o‘tkazilgan islomga qarshi bir qator norozilik namoyishlaridan ko‘p o‘tmay sodir bo‘lgan, unda faollar musulmonlar uchun muqaddas hisoblangan Qur’onning bir necha nusxasini yoqib yuborgan edi.

Shvesiya prokuraturasi tomonidan olib borilgan tergovga ko‘ra, uyali aloqa operatori xizmatlariga hujum Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi manfaatlarini ko‘zlab ish tutuvchi Anzu guruhi xakerlari tomonidan uyushtirilgan.

Prokuraturaning ta’kidlashicha, davlat xavfsizlik xizmati kiberhujumni uyushtirgan xakerlarni aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. Biroq xakerlarni ekstradisiya qilish va so‘roq o‘tkazish istiqbollari deyarli yo‘q.

“Kiberhujumdan ko‘zlangan maqsad Shvesiya jamiyatida bo‘linishni keltirib chiqarish va Shvesiyaning islomofobiya avj olgan davlat sifatidagi imijini ilgari surish bo‘lgan”, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!