Prezident sovg‘asi sifatida berilgan Tahoe avtomobilida tezlikni oshirgan chempion Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev jarimaga tortildi

Prezident sovg‘asi sifatida berilgan Tahoe avtomobilida tezlikni oshirgan chempion Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev jarimaga tortildi

Avvalroq bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev olimpiada chempionligi uchun berilgan mashinadagi videosini ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasiga joylashtirgan va bu jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgan edi.

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirib, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevga nisbatan MJTKning 128 prim 3-moddasi 3-qismiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, haydovchi bilan profilaktik suhbat olib borilganini ma’lum qildi.
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevga 3 mln 60 ming so‘m jarima qo‘llanildi. Jarimani 15 kun ichida to‘lasa, 50% chegirma asosida, 1 mln 530 ming so‘m bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat raqam belgisi 01 Z 001 ZZ bo‘lgan TAHOE rusumli transport vositasi haydovchisi yuqori tezlikda (110 km/s) harakatlanganligi aks etgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan haydovchi 2001 yilda tug‘ilgan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 128 prim 3-moddasi 3-qismiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib haydovchi bilan profilaktik suhbat olib borildi.

Hurmatli yurtdoshlar yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qiling, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!