Asqar Akayevga sobiq prezident maqomini qaytarish rad etildi

Asqar Akayevga sobiq prezident maqomini qaytarish rad etildi

Qirg‘iziston Jogorku Keneshining Konstitusiyaviy qonunchilik, davlat tuzilishi, sud-huquq masalalari va reglament qo‘mitasi Asqar Akayevga sobiq prezident maqomini qaytarishni rad etdi.

Qayd etilishicha, qo‘mita yig‘ilishida deputat Gulya Kojokulova mazkur masalani har tomonlama o‘rganib chiqish uchun vaqtinchalik deputatlik komissiyasini tuzish taklifini bergan.

Xalq deputati Janar Akayev komissiya tuzilishiga qarshi chiqib, Asqar Akayev prezidentlik davrida mamlakatda oilaviy-klanlar boshqaruvi gullab-yashnagani, insonlar o‘limiga olib kelgan Axsi voqealari sodir bo‘lganini eslatib o‘tgan.

Muhokama yakunida qo‘mita Asqar Akayevning so‘rovini inobatga olgan va uning vaqtinchalik deputatlik komissiyasini tuzish to‘g‘risidagi arizasini rad etish bo‘yicha taqdimnoma bilan Jogorku Keneshga ko‘rib chiqish uchun taqdim etgan.

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Asqar Akayev 5 sentyabrda Jogorku Keneshga (parlament) «sobiq prezident» maqomini tiklash bo‘yicha so‘rov yo‘llagan. Asqar Akayev Qirg‘izistonni mustaqillikning ilk yillaridan 2005 yilgacha boshqargan. Mamlakatda inqilob yuz berib, Qurmanbek Bakiyev hokimiyatga kelgach, ag‘darilgan Akayev va uning oila a’zolari Rossiyaga qochib ketgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!